
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Metallurg” – “Lokomotiv” (0:1) uchrashuvidan soʻng mehmonlar ustozi Andrey FYODOROV oʻyin haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.
- Uchrashuvga qattiq tayyorgarlik koʻrishga harakat qildik. Ammo bahsga toʻliq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam boʻldi. Toʻgʻrisini aytsam, oʻyin boshlanishidan oldin “Metallurg” shunday bosim uyushtirishini bilgandim. Ammo, yigitlar shunday bosimdan chiqib keta olishni uddalaganlaridan mamnun boʻldim.
Agarda ertaroq yaratilgan vaziyatlardan foydalanib, gol urganimizda, oʻyinni, asosiysi soʻnggi daqiqalarni xotirjamlik bilan oʻtkazgan boʻlardik. Barchasi yaxshiku, ammo bir jihatni tushunmadim. Referining zaxirada oʻtirgana futbolchimizga qizil bergani tushunarsiz boʻlib qoldi.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar