
Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl Xulen Lopetegi jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidandan yaxshimi degan savolga javob berishni istamadi.
“Lopetegining inglizcha gapira olishi menga yordam beradi. Albatta, men ispan tilini ham tushunaman, biroq mashgʻulotlar paytidagi ayrim kerakli soʻzlarni tushunolmay qolaman. Lopetegi Zidandan yaxshiroqmi? Men ushbu savolga javob berishni xohlamayman”, - deydi uelslik futbolchi.
Eslatib oʻtamiz, Beyl Zidan bilan xayrlashmagan “Real”ning yagona futbolchisi boʻlgan edi. Boisi, fransiyalik mutaxassis uni aksariyat hollarda zahirada qoldirar edi. Buning ortidan esa futbolchi va murabbiy oʻrtasida mojaro kelib chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.