date

Arne Slot PSJ haqidagi savolga keskin javob berdi

Arne Slot PSJ haqidagi savolga keskin javob berdi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvi oldidan “PSJ” jamoasining hujumkorligi va samaradorligi haqidagi savolga javob qaytardi.

U jurnalistlar tomonidan keltirilgan statistika — “PSJ” 45 o‘yinda faqat 4 marta gol ura olmagani haqidagi maʼlumotga munosabat bildirib, muloqotni keskin ruhda davom ettirdi.

“Nega sen kayfiyatimni buzmoqchisan? Buni hammamiz juda yaxshi bilamiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatishimiz kerak va chempionga qarshi bahs ham oddiy bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, kayfiyatni yo‘qotmasligimiz, o‘z o‘yinimizga eʼtibor qaratishimiz, hujumkor va agressiv harakat qilib, birinchi golni urishimiz shart — biz buni yaxshi anglaymiz”, — dedi Slot L‘Équipe nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi chorak finalining ilk uchrashuvi “PSJ”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o‘yini 14 aprel kuni o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot PSJ haqidagi savolga keskin javob berdi