
Mutlaq jangchilar chempionati prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Trampni irlandiyalik Konor Magregor hamda rossiyalik Habib Nurmagomedov oʻrtasida 6 oktyabr kuni Las-Vegasda kamar uchun boʻlib oʻtadigan jangga taklif qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Shuningdek, Uaytning taʼkidlashicha, ular katta ehtimol bilan kelmaydi, sababi jangchilar musobaqasida jahondagi ikki yetakchining ishtirok etishi - qoʻriqlash xizmati uchun dahshatli holatdir.
Biroq, Tramp ushbu bahsni pullik televideniye orqali tomosha qilishga vaʼda berdi.
UFC rahbari AQSH prezidenti bilan juda yaqin va hattoki uning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etgan. Shu bilan birga, Makgregor Putinga yaxshi munosabatda ekanini hech qachon yashirmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda kalamush ekani, uni bir raundda sindirishi haqida maʼlum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar