
Oktyabr oyida KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadigan Oʻzbekiston terma jamoasi 6 oktyabrdan boshlab Toshkentda yigʻinga kirishadi.
OʻFA rasmiy saytining maʼlum qilishicha, yigʻinga jalb qilingan futbolchilar bugun Toshkentdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” sport stadionida birinchi mashgʻulotni oʻtkazadi.
Bugungi mashgʻulot soat 16:30 da boshlanadi.
Bosh murabbiy Ektor Kuper yigʻinga jalb etilgan oʻyinchilar roʻyxatini 2 oktyabr kuni eʼlon qilgan. Yigʻin davomida unga yordamchilari Xose Karlos Fantagussi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam beradi.
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)
Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod Aʼzamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qoʻqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Hujumchilar:
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”)
Oʻzbekiston terma jamoasini oldinda quyidagi oʻrtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi:
13 oktyabr, 20:00. “Milliy” stadioni
Oʻzbekiston – KXDR
16 oktyabr, 20:00. “Milliy” stadioni
Oʻzbekiston - Qatar
20 noyabr, Avstraliya
Oʻzbekiston – Janubiy Koreya “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar