
Angliya chempionatining 8-turidan oʻrin olgan “Fulxem“ – “Arsenal“ uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Unda 1:5 hisobi qayd etilib, londonliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Dastlab birinchi boʻlimning 29-daqiqasida Lyakazett hisobni ochdi. 44-daqiqaga kelib Shyurrle javob golini kiritdi.
Tanaffusdan soʻng “Arsenal“ning vaqti boshlandi. Yana oʻsha Lyakazett ikkinchi boʻlimning ilk daqiqalarida hisobni 1:2 koʻrinishga olib kelgan boʻlsa, keyinchalik Obameyangning dubli hamda Remzining toʻpi yakunda Emeri jamoasiga navbatdagi ishonchli gʻalabani taqdim etdi.
Angliya chempionati, 8-tur
Fulxem – Arsenal 1:5 (1:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 29 Lyakazett, 1:1 – 44 Shyurrle, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 67 Remzi, 1:4 – 79 Obameyang, 1:5 – 90 Obameyang.
Fulxem – Bettinelli, Odoi, Le Marshan, Kristi, Rim (Kamara, 54), Seri, Zambo-Angissa (Makdonald, 62), Shyurrle, Sessenon, Mitrovich, Vyetto (Yuxansen, 83).
Arsenal – Leno, Xolding, Monreal, Belyerin, Mustafi, Mxitaryan, Djaka, Torreyra, Ivobi (Remzi, 67), Uelbek (Obameyang, 62), Lyakazett (Genduzi, 80).
Ogohlantirishlar: Vyetto (57), Shyurrle (70).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar