09:24 / 09.10.2018
4 049

Andrey Kanchelskisni “Navbahor”ga Alisher Usmonov olib keldimi?

Андрей Канчельскисни "Навбаҳор"га Алишер Усмонов олиб келдими?
Bugun “Navbahor”da yangi bosh murabbiy - Andrey Kanchelskisning tanishtiruv marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Marosimdan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shamshod Sarikov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi.
Jumladan Sarikov Kanchelskisning “Navbahor”ga kelishida asli namanganlik milliarder Alisher Usmonovning qoʻli bor yoki yoʻqligi borasidagi savolni ham ochiqlab oʻtdi.

"Bu barchani qiziqtirayotgan va oʻrinli savol boʻldi. Biz anchadan buyon Alisher Usmonov bilan muzokara olib boryapmiz. Taʼkidlaganingizdek, u asli namanganlik va oʻz tugʻilib-oʻsgan shahrini yaxshi koʻradi. Ayni paytda Alisher Burxanovich bilan homiylik borasida muzokara olib boryapmiz. U oʻz vatani - Oʻzbekistonni juda sevadi va Alisher Usmonov buni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyeyov bilan uchrashuvi chogʻida ham eʼtirof etdi.

Albatta, Alisher Burxanovichning “Navbahor”ga homiylik yordami berishi va klubimizga eʼtibor qaratishidan umidvormiz. Lekin Andrey Kanchelskisning “Navbahor” bosh murabbiyi lavozimini egallashida Alisher Usmonovning aloqasi yoʻq", - dedi Sarikov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskisni “Navbahor”ga Alisher Usmonov olib keldimi?