
Oʻzbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar chiqdi.
Champioant.asaia sayti futbolchi bilan bogʻlanib uning fikrlari bilan qiziqdi.
- Bugun terma jamoaning oʻrtoqlik oʻyinlaridan 6 oyga diskvalifikatsiya qilinganingiz haqida noxush maʼlumot chiqdi...
- Ha, bu xabarni oʻqidim. Kayfiyatim tushib ketdi.
- Oʻsha vaziyatni eslay olasizmi?
- Oʻyin tugadi, yutqazdik. Zaxira oʻrindigʻida suv ichib oʻtirgandim. Yakuniy hushtak chalingach jahl bilan idishni otib yubordim. Toʻgʻrisi oʻsha vaziyatda hakamni koʻrmagandim, otgan idish hakamning yaqiniga ham bormadi, 6-7 metr naridan oʻtib ketdi. U esa menga uloqtirdi deb oʻyladi shekilli qizil kartochka koʻrsatdi.
- Terma jamoa lagerini tark etdingizmi?
- Yoʻq hozircha shugʻullanib turibman.
- Ektor Kuper bu borada nimadir dedimi?
- Ha. Bosh murabbiy boshqa bunday qilma, har qanday vaziyatda hissiyotni ushlab turishni bilishing kerak dedi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar