11:14 / 19.10.2018
1 898

Angliyaning yangi o‘yin uslubi kimga foyda-yu kimga zarar?

Angliyaning yangi o‘yin uslubi kimga foyda-yu kimga zarar?
Garet Sautgeyt Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda o‘zining 3-3-2-2 o‘yin uslubidan voz kechib yangi 4-3-3 o‘yin sxemasida o‘ynadi. Aftidan terma jamoada yangi takti davr boshlanmoqda.

Sautgeytning uch kishilik himoyachi bilan o‘ynash uslubi Rossidagi Mundialda juda yaxshi samara bergandi. Bunday uslubda ayniqsa Xarri Maguayr va Keran Tripper juda yaxshi o‘ynashdi.

Shunga qaramay, «uch sherlar» Millatlar Ligasi turniri doirasida Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan boshlab yangicha ishlanmalarni qo‘llay boshladi. Inglizlar yana an’anaviy to‘rt kishilik himoyaga qaytishdi.

Sautgeytning 4-3-3 uslubi kelajakda kengroq foydalanishi tufayli bundan yutadiganlar va aksincha yutqazadiganlar ham topiladi. Xo‘sh, ular kim bo‘lishi mumkin? Quyidagi tahlil shu haqida.

G‘olib: Jordan Xenderson

Sautgeytning Jahon Chempionatidagi yagona muammosi markaziy yarim himoyachining yetishmasligi bo‘lgandi. Raqibning kuchli bosimi ostida to‘p nazorati va o‘yin tempiga ta’sir qila oladigan yarim himoyachi yo‘qligi ularning zarariga ishlagandi. Boisi Dele Alli va Jesse Lingard o‘z vaqtlarini ko‘proq hujumchilarga qarashish bilan o‘tkazgandi.

Bu ham o‘z navbatida ikki hujumkor yarim himoyachilarga hujumni kuchaytirishda asqotgandi. «Liverpul» vakili esa asosan himoyaga qarashish bilan o‘tkazgan holda qarshi hujumlarni tashkillashtirishda benazir bo‘lgandi.

Xorvatiyaga qarshi inglizlar yarim himoyasida Xendersonga Erik Dayer ham ko‘maklashdi. Juftlik Ross Barkli bilan hujumlarni chap qanotdan rivojlantirishda samara berdi. Yakuniy statistika ham chakki emas. Sautgeyt shogirdlari 54 % lik nazoratga ega bo‘ldi. Oldingi uslubda ular ko‘pi bilan 45 % to‘p nazoratiga egalik qilardi.

G‘olib: vingerlar

Markus Reshford yangi uslubda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi. U chap qanotdan raqibga tahdid solsa, o‘ng qanotda Rahim Sterling bu ishni bajaradi. Shu tariqa Jeydon Sanchoga ham o‘zini sinab ko‘rish imkoni berilishi tahsinga loyiq.

Satgeyt vingerlari – Reshford, Sterling va Sancho qanotlar uchun ajoyib tanlov. Ularning uchchalasi ham ancha yoshligi sabab Sautgeyt bu taktikani kelajakda ham rivojlantirishda davom etsa ajabmas.

«Manchester Yunayted» vakili yaxshiroq o‘ynashi uchun o‘ziga ishonch hosil qilishi kerak. Xarri Keyn bilan oldingi chiziqda o‘ynashi yaxshi, ammo Sterling bilan qanotlardan xavf tug‘dirishi ancha yaxshiroq variant.

Mag‘lub: Jordan Pikford

Uch kishilik himoyada darvozabon Sautgeyt falsafasining muhim bo‘lagiga aylangandi. To‘rt kishilik himoya uslubida Pikfordning vazifalari ancha qiyinlashib ketadi. Albatta orqa chiziqdan turib 4-3-3 o‘yin taktikasida ham foydali bo‘lish mumkin.

Mundialda Pikford Maguayr, Stouns va Uoker bilan hamkorlik qilishda ba’zi muammolarga uchragandi. Xenderson, Tripper va Yanglarning himoyaga yordamga kelishi tufayli bu unchalik ko‘zga tashlanmagandi.

«Manchester Siti» va «Liverpul» bunday uslubda ham o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Ammo Gvardiola va Klopp tajribasi Sautgeytda yo‘q va ulardagi dunyoning eng zo‘rlari o‘ynayotganini inobatga olsak amalda bu ish bermay qolishi xavfi bor.

Mag‘lub: tajribasiz himoyachilar

Sautgeyt nima sababdan 3-3-2-2 o‘yin uslubini qo‘llaganini tushuntirib berdi. U buni tajribasiz himoyachilar tufayli foydalanganini bildirdi. «Maguayr kabi himoyachilarning Mundialga borishida ularga himoyada ko‘proq madad kerakligini ko‘rdim. Ammo bunda hujumda ikki kishi bilan o‘ynash imkoniyati tug‘iladi. Endi esa futbolchilar ko‘proq ishonchli o‘ynashmoqda va to‘rt kishilik himoya bilan o‘ynasa bo‘ladi.»

Bunday taktikaga o‘tish Maguayr va Stouns kabi himoyachilar uchun foydaga ishlay boshlaydi. Sababi ular Sautgeytning futbol falsafasiga ancha moslashib qolishdi. Biroq bunday sharafga ega bo‘lmaganlar nima qiladi?

Ayniqsa bosim qanot himoyachilariga tushadi. Ular raqib hujumlarini bartaraf qilish bilan birga jamoasining hujumlarini rivojlantirishi, kamiga Pikfordga yordamga yetib kelishlari talab etiladi.
Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliyaning yangi o‘yin uslubi kimga foyda-yu kimga zarar?