
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati 9-tur “Chelsi” jamoasiga qarshi kechgan oʻyin borasida fikr bildirib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi, “Chelsi” soʻnggi golni hakam tomonidan qoʻshib berilgan 6-daqiqada kiritdi.
“Biz maydondagi eng yaxshi jamoa edik. Oʻyindan oldin «Stemford Brij”da bir ochko yaxshi natija deyish mumkin, bu yerda gʻalaba qozonish qiyin. Biroq oʻyinni kechishi boʻyicha biz uchun bu dahshatli natija va “Chelsi” uchun zoʻr.
Biz oʻyinni nazorat qildik, “Chelsi”ni boshqarib turdik, Azar va Jorjino nazoratimizda edi.
Hisob 2:1 koʻrinishiga kelganida uchinchi toʻpni ham kiritishimiz mumkin edi. Umid qilamanki, har bir hakam Mayk Din kabi 6 daqiqada qoʻshib beradi. Ularning qayerdan kelganini bilmayman. Biz doim oʻynashga harakat qildik, vaqt choʻzmadik», - deydi Mourino.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar