O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada Germaniyaning mashhur JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Endi bu kompaniya turli yoshdagi milliy terma jamoalar uchun ekipirovkalar yetkazib beradigan bo‘ldi. 25 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Qizig‘i shundaki, shu yilning sentyabr oyida O‘FA Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu haqda «Kun.uz»ga xabar bergan edi. O‘zbekistonning turli yoshdagi bir qancha terma jamoalari avgust, sentyabr va oktyabr oyida o‘tkazilgan o‘yinlarda aynan Adidas liboslarida maydonga tushgandi.
Ma’lumot uchun, JAKO kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan. Ayni vaqtda 40dan ortiq mamlakatda kompaniya filiallari mavjud. Uning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Hollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”