Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Unda AGMK va "Paxtakor" o‘zaro bellashadi. Bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze va himoyachi Sherzod A’zamov ishtirok etdi.
Arveladze: - Final bir o‘yindan iborat va xatoni tuzatib bo‘lmaydi. Finalgacha ishonch bilan yetib keldik. Uni ijobiy yakunlashni xohlaymiz. Raqib kuchli, oxirigacha kurashadigan jamoa. Lekin biz 7 yillik tanaffusdan so‘ng ushbu sovrinni yutishni istaymiz.
A’zamov: - Finalda jiddiy raqib bilan to‘qnashamiz. Ular safida mahoratli o‘yinchilar bor. Biz esa faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kubokni qo‘lga kiritishni xohlaymiz.
Jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdim, hozir yaxshi holatdaman.
Arveladze: - Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman. Bunday o‘yinlar hamisha yoqimli.
Raqib himoyada yaxshi o‘ynaydi, standart vaziyatlardan foydalanishga urinadi. Lekin biz kuchli jihatlarimizni namoyish etishga intilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?