09:57 / 12.11.2018
2 916

«Arsenal» oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

«Arsenal» oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premer-ligasining 12-turida «Vulverhempton»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi gol 13-daqiqada «Vulverhempton» hujumchisi Ivan Kavaleyru tomonidan urildi, uni Raul Ximenes golli pas bilan ta’minladi. O‘yin oxirida zaxiradan maydonga tushirilgan Genrix Mxitaryan «kanonirlar»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi - 1:1.

Bu durangdan keyin «Arsenal»ning Angliya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 10 o‘yinni tashkil etmoqda. Shu bilan birga jamoa 3 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Bungacha londonliklar klubi 7 g‘alabaga erishib, 2 bor durang o‘ynagandi.

Endilikda «Arsenal» ochkolari sonini 24taga yetkazgan va turnir jadvalida 5-o‘rinni saqlab qolgan, «Vulverhempton» 16 ochkosi bilan — 11-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «kanonirlar» «Bornmut» mehmoni bo‘lishadi, mavsum debyutanti bo‘lmish «bo‘rilar» esa «Haddersfild Taun»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 25 noyabrga belgilangan.

Angliya chempionati
12-tur
Arsenal – Vulverhempton 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 13 Kavaleyru, 1:1 – 86 Mxitaryan.
Arsenal – Leno, Xolding, Kolashinats (Mxitaryan, 76), Belerin, Mustafi, Ivobi (Genduzi, 46), Chaka, Torreyra, O‘zil (Remzi, 75), Obameyang, Lyakazett.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro, Bennett, Elder Koshta (Traore, 75), Moutinyu, Kavaleyru (Diogu Jota, 61), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes (Gibbs-Uayt, 85).
Ogohlantirishlar: O‘zil (69), Doerti (71), Elder Koshta (74), Bellerin (78).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi