17:22 / 15.11.2018
3 348

O‘zbekiston kamchilikda o‘ynab Livan bilan durang qayd etdi

O‘zbekiston kamchilikda o‘ynab Livan bilan durang qayd etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.

O‘yin kutilmaganda raqib futbolchilarining faolligi ostida boshlandi, birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi. Ikki tomon ham to‘p nazoratini qo‘lga olishga urindi. Livanliklarning qanotlardan tashkil qilgan hujumlari ancha xavfli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Davron Hoshimov ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi va bu Ektor Kuperning rejalarini butkul o‘zgartirib yubordi. Shundan so‘ng jamoamiz ikkinchi raqam ostida harakat qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida raqiblarda bir nechta juda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq Eldor Suyunovning seyvlari jamoamiz darvozasi dahlsizligini ta’minladi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida vakillarimizda ham bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo bugungi o‘yinda hisob ochilmadi.

Keyingi o‘yinni 20 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
15 noyabr, 15:00

O‘zbekiston - Livan 0:0 (0:0, 0:0)


O‘zbekiston: 12. Eldor Suyunov, 5. Anzur Ismoilov (18. Doston Tursunov, 76), 3. Yegor Krimets, 4. Davron Hoshimov, 19. Vladimir Kozak (13. Oleg Zoteyev, 66), 16. Otabek Shukurov, 7. Odil Hamrobekov, 22. Javohir Sidiqov (6. Husniddin G‘ofurov, 78), 8. Ikrom Aliboyev (2. Akmal Shorahmedov, 63), 17. Doston Hamdamov, 10. Marat Bikmayev (15. Aziz Turg‘unboyev, 72).

Livan: 1. Mehdi Kahlil, 2. Kassem El Zein, 3. Motaz Bellah El Junaydi, 5. Nassar Nassar, 6. Joan Umari, 7. Hasan Maatuk (c), 10. Muhammad Haydar (20. Rabih Ataya, 68), 13. Jorj Feliks Melki, 15. Samir Ayyas, 19, Robert Aleksandr Melki, 22. Bassel Jradi.

Ogohlantirishlar: Hoshimov (24), Melki (26), Al-Zayn (55), Umariy (86).
Chetlatish: Hoshimov (59).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kamchilikda o‘ynab Livan bilan durang qayd etdi