10:07 / 08.12.2018
3 507

Sanjar Rahmonov AQShda navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Sanjar Rahmonov AQShda navbatdagi g‘alabasiga erishdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov Las-Vegasda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bugungi bahsda Rahmonovga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jonatan Stil raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. To‘qnashuv yakuniga ko‘ra hakamlar bir ovozdan Sanjarning 77:75, 77:75, 78:74 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etishdi.

Ma’lumot uchun, bugun Sanjar professional boksda 13-marotaba ringga ko‘tarildi. U ushbu bahslarning 11tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut evaziga), bir martadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Jonatan Stil esa professional boksdagi 11-jangini o‘tkazdi. Uning hisobida 8ta g‘alaba (6tasi nokaut) va bitta durang mavjud. Bugungi mag‘lubiyat Stil uchun faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, hafta o‘rtasida prof-ringdagi boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev jahon chempioniga qarshi jang qilmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, kecha Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati o‘zgargani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Rahmonov AQShda navbatdagi g‘alabasiga erishdi