Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov «Arsenal» a’zosi Mesut O‘zil bilan munosabati haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyov sentyabr oyi oxirida «to‘pchilar» bazasiga borgan, ammo O‘zil bilan ko‘risha olmay qaytgandi.
«Men «Arsenal» bazasiga borganimda Mesut mashg‘ulotda yo‘q edi. U hozir biz bilan muloqot qilishni istamayotganini tushunishimiz kerak. Buning sababini men bilmayman.
Bir narsadan juda xafsalam pir bo‘ldi: u o‘z qarori haqida meni shaxsan xabardor qilgani yo‘q. O‘zildan hech qanday xat-xabar olmadim.
Hammasi boshqacha bo‘lishini istagan bo‘lardim, ammo nailoj», - degan Lyovning so‘zlarini keltirdi ZDF.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 boshlanishidan oldin O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan uchrashib, suratga tushgan va bu Germaniyada katta shov-shuv keltirib chiqargan edi. Xususan, Germaniya futbol uyushmasi rahbariyati va mamlakatning qator ommaviy axborot vositalari bu holatga salbiy munosabatda bo‘lishdi. Mundialdagi muvaffaqiyatlikdan so‘ng O‘zil unga o‘z yurtida irqchilik kayfiyatida munosabat bildirilayotgani sababli terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi