Xalqaro futbol ittifoqi FIFA terma jamoalarning dekabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qoldi.
Dekabr oyi reytingida O‘zbekiston termasi 1251 ochko bilan 95-pog‘onani band etgan. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo miqyosida 14-o‘rinda bormoqda.
Qit’a bo‘yicha Eron terma jamoasi 1481 ochko jamg‘arib, yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoasi borishyapti. O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarda, shuningdek, Xitoy, BAA, Livan, Ummon, Iroq, Qirg‘iziston va Qatar terma jamoalari borishmoqda.
Reytingning yuqori qismida o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarish bo‘lmagan. Birinchi o‘rinda 1727 ochko jamg‘argan Belgiya, ikkinchi o‘rinda 1726 ochko jamg‘argan Fransiya, uchinchi o‘rinda 1676 ochko jamg‘argan Braziliya joylashgan. Kuchli o‘nlikdan Xorvatiya, Angliya, Portugaliya, Urugvay, Shveysariya, Ispaniya va Daniya terma jamoalari joy egallashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?