13:53 / 04.01.2019
2 441

Ikrom Aliboyev muxlislarga murojaat qildi

Ikrom Aliboyev muxlislarga murojaat qildi
Yarim himoyachi Ikrom Aliboyev "Lokomotiv"dan "Seul"ga o‘tganidan keyin muxlislariga murojaat qildi.
Hurmatli muxlislar, do‘stlarim, akalarim!

Men futbolga mehr qo‘yganimdan beri futbol klubi O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqish, Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilish, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida vatanimni himoya qilishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ygan edim. Mana bolalikdagi orzularim ro‘yobga chiqib ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Bolalagimda kumirlarim bo‘lgan futbolchilar yonida katta bo‘ldim, ulardan saboq oldim, bilmaganlarimni o‘rgandim. “Lokomotiv” jamoasida bir oila, aka-ukalardek katta bo‘ldim. Bu insonlar oldida bir umr qarzdorlik hissi meni tark etmaydi. Klub rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar, stadion va klub ishchilari hamda muxlislar bilan o‘tkazgan 5 yil men uchun eng qadrli, yoqimli davr bo‘lib qoladi.

Futbolchi xuddi sayohatga chiqqan sayyoh kabi ko‘tarilish, pastga tushish, kutilmagan o‘zgarishlar, o‘yinda o‘sish, pasayish, jarohatlar, mag‘lubiyat va g‘alabalardan iborat. Eng asosiysi insoniylik fazilatini yo‘qotmaslik juda muhim.

Bir necha hafta oldin meni hayotimda katta o‘zgarish bo‘ldi. Bolalikdagi orzularimdan biri amalga oshdi. Buning uchun avvalo Yaratganga, keyin “Lokomotiv” raxbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men va qadrdon klub o‘rtasida o‘zaro oliyjanoblik natijasida men “Seul” klubi futbolchisiga aylandim. “Alibaev” nomli futbolka endi qizil-yashillar safini tark etmoqda. Men bir oiladan boshqa oila safiga borib qo‘shilish arafasidaman. Qadrli men uchun aziz insonlar, men erishgan barcha yutuqlar zamirida sizning mehnatingiz, qo‘llab-quvvatlashingiz yotibdi. Sizlar bilan xayrlashmayman, sizlar bilan ko‘rishguncha deb qolaman. Qayerga bormay, men “Lokomotiv”ning bir bo‘lagi, “Lokomotiv” esa mening bir bo‘lagim bo‘lib qoladi.
Sizlarga chuqur ehtirom bilan, Ikrom!


Manba: instagram.com/alibaev_9/

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ikrom Aliboyev muxlislarga murojaat qildi
[/banner_pushhouse