
O‘tgan mavsumning birinchi yarmini “Nasaf” klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich ayni damda “Navbahor” ko‘rigida bo‘lib turibdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “lochinlar” u bilan shartnoma imzolashadi.
Ma’lumot uchun, Lukich “Nasaf”dan ketgach faoliyatini Serbiya Oliy ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Zemun” klubi safiga borib qo‘shilgan edi. U qarshiliklar safida Superligada jami 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" o‘tgan mavsum davralar oralig‘ida "Nasaf"ning rossiyalik legioneri - Igor Golbanni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar