
Finlyandiya yoshlar terma jamoasi Kanadada o‘tgan jahon chempionati finalida AQSh termasini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Vankuverda o‘tgan uchrashuv finlar foydasiga 3:2 (0:0, 1:0, 2:2) hisobida yakunlandi. Shaybalarni finlar tarkibida Yesse Yulonen (32-daq.), Otto Latvala (47-daq.) va Kaapo Kakko (59-daq.), amerikaliklar safida Aleksandr Xmelevskiy (48-daq.) va Josh Norris (49-daq.) kiritdilar.
Bronza medallarni shveysariyaliklarni 5:2 hisobida yutgan Rossiya terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Finlyandiya jahon chempioni nomiga 5-marta sazovor bo‘lmoqda. Bungacha terma jamoa ushbu unvonni 1987, 1998, 2014, 2016 yillarda qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar