
Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan. Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun Olimpiya terma jamoasiga Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib boryapti.
Yig‘in davomida olimpiya terma jamoamiz uchun kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, terma jamoa a’zolari Turkiyadagi yig‘in davomida Slovakiya U-21 terma jamoasi, Ozarbayjonning "Keshla" klubi, Eronning "Sepaxon" jamoasi va Qozog‘istonning "Taraz" klublari bilan nazorat uchrashuvlari o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvlar davomida olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar sinovdan o‘tkazilib, jamoaning asosi shakllantirib boriladi.
Turkiya yig‘inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Umid Ergashev
Umid Hamroyev
Mashkurjon Muhammadjonov
Himoyachilar:
Islom Qobilov
Husniddin G‘ofurov
Oybek Rustamov
Dilshod Saidov
Suhrob Nurulloyev
Hojiakbar Alijonov
Nurillo To‘xtasinov
Ibrohim Yo‘ldoshev
Sherzod Nasrullayev
Husniddin Aliqulov
Yarim himoyachilar:
Ilhom Alijonov
Jasur Yaxshiboyev
Abrorbek Ismoilov
Oston O‘runov
Sanjar Qodirqulov
Islom Kenjaboyev
Sharof Muhitdinov
Islom Rashidxonov
Dian Talxatov
Azizjon G‘aniyev
Hujumchilar:
Bobur Abduxoliqov
Mirjahon Mirahmadov
Azizbek Omonov



Manba: www.ufa.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar