
Bundan biroz oldin Osiyo kubogi-2019 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Dubaydagi "Rashid" stadionida kechgan uchrashuvda vakillarimiz 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoamiz sardori Odil Ahmedov o‘yin borasidagi o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalambor, barcha o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu qadar osonlik bilan g‘alabaga erishamiz deb o‘ylamagan edik. O‘ylaymanki, yaxshi formaga kirib bormoqdamiz va albatta kelgusi uchrashuvlarda ham muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz", - dedi Ahmedov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar