23:46 / 18.01.2019
3 401

Jaloliddin Masharipov: «Avstraliyadan alam olmoqchimiz»

Jaloliddin Masharipov: «Avstraliyadan alam olmoqchimiz»
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov Avstraliyaga qarshi nimchorakfinal o‘yinidan oldin, O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyat bizga qo‘shimcha motivatsiya berdi. Odatda, jamoa mag‘lubiyatga uchrasa, ko‘pchilikda tushkunlik kayfiyati bo‘lishi mumkin. Lekin bizda Yaponiyaga qarshi o‘yindan keyin ishtiyoq katta. Biz yaponlarga qarshi munosib o‘ynadik. Chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qildik. Avstraliya bilan ham mana shunday kurashamiz. Oxirigacha. Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Raqibdan qo‘rqish, cho‘chish umuman yo‘q. Yaponiyaga qarshi qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Avstraliyaga qarshi bundan ham kuchliroq o‘yin namoyish qilamiz.

Avstraliya terma jamoasi a’zolari ko‘proq yuqoridan to‘p uzatmalarini amalga oshirib, bosh bilan o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Shundan kelib chiqib, ularga qarshi o‘yinda to‘pni yerda saqlashga, ko‘proq qisqa paslar bilan raqib himoyasini yorib o‘tishga harakat qilamiz. Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliya bizni 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Nimchorakfinal bahsida ana o‘sha mag‘lubiyat uchun alam olmoqchimiz. Xudo xohlasa, g‘alaba biz tomonda bo‘ladi», - dedi Masharipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: «Avstraliyadan alam olmoqchimiz»