O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo Kubogidagi ishtirok va kelgusi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlarini O‘FA matbuot xizmati e’lon qilgan.
“Osiyo Kubogida chiroyli o‘yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Asosiy maqsadimiz bosh sovrinni yurtimizga olib kelish edi. Afsuski, bu natijaga erisha olmadik. Lekin yomon o‘ynamadik, deb hisoblayman. Yaponiya, Avstraliya kabi terma jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Muxlislarga ham o‘yinimiz yoqdi, deb o‘ylayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab ijobiy fikrlarni qabul qilyapmiz. Bizni musobaqa davomida qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Endilikda Jahon chempionati saralashida ijobiy natija qayd etib, xalqimizning azaliy orzusini amalga oshirishga intilmoqchimiz. Umid qilaman, buning uddasidan chiqa olamiz.
O‘zimning kelgusi faoliyatimga keladigan bo‘lsak, “Paxtakor” bilan shartnomam yakuniga yetgan. Endilikda faoliyatimni xorijda davom ettirmoqchiman. Hozirda bir-ikkita klublardan takliflar bor. Eng katta orzum – Yevropa klublarida to‘p surish. Yevropada futbolchi yanada o‘sish imkoniga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, arab klublari moliyaviy tarafdan yaxshi taklif berishadi. Lekin men arab klublariga o‘tmoqchi emasman.
Mening eng katta tanqidchim – akam. Doimo mening o‘yinlarimni kuzatib, kamchiliklarimni aytib turadi. Hech qachon meni o‘zimga maqtamagan. Akam ham faoliyatimni Yevropada davom ettirishim tarafdori. Garchi Yevropa klublari taklifi moliyaviy jihatdan kamtarroq bo‘lsa-da, men Yevropaga ketmoqchiman. Yevropada to‘p surib, milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga yordam bermoqchiman”, - deydi Masharipov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi