2014 yil apreldan 2018 yil dekabrigacha davr mobaynida Donbassdagi ixtilof davomida 12,8 mingdan 13 minggacha odam halok bo‘lgan. Shunday raqamlarni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kiyevdagi monitoring komissiyasi dpa axborot agentligi so‘roviga javoban keltirdi.
Ta’kidlanishicha, qurbonlardan taxminan 3,3 mingi fuqarolar, 4 mingi ukrainalik harbiylar, 5,5 mingi o‘z mustaqilligini e’lon qilgan respublikalar – LXR va DXR tuzilmalari jangchilarini tashkil qiladi. Ixtilof davomida 27-30 ming kishi yaralangan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil Donbassda 55 fuqaro halok bo‘lgan, 224 nafari yaralangan.
2018 yil aprelda BMT urush boshlangandan beri 2,5 ming tinch aholi halok bo‘lgani, 9 mingi yaralanganini ma’lum qilgan. Biroq Germaniya razvedkasining 2015 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, 50 ming kishi Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlar qurboniga aylangan.
Donbassdagi qurolli ixtilof deyarli 5 yildan beri davom etmoqda. 2014 yil aprelda Ukraina hukumati davlat to‘ntaruvidan keyin Kiyevdan mustaqilligini e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga qarshi harbiy operatsiyani boshlagan. 2018 yil bahorida operatsiya formati o‘zgartirilib, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat Ukraina qurolli kuchlariga o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi