10:16 / 13.02.2019
3 507

YEL. “Fenerbaxche” oʻzida “Zenit”ni magʻlub etdi (video)

YEL. “Fenerbaxche” oʻzida “Zenit”ni magʻlub etdi (video)
Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final bosqichi ilk bahsidan oʻrin olgan “Fenerbaxche” – “Zenit” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Istambulda kechgan bahsda maydon egalari gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Islom Slimani Viktor Mozesning uzatmasini golga aylantirib mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida ruslar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, biroq Robert Mak penaltidan unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa, ilk oʻyinda turklarning qoʻli baland keldi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob oʻyini 21 fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Yevropa Ligasi
1/16 final, ilk oʻyin
Fenerbaxche Turkiya – Zenit Rossiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 – 21 Slimani.
Fenerbaxche – Tekin, Chiftpыnar, Kaldыrыm, Isla, Shkrtel, Jailson, Mozes (Potuk, 84), Valbuena (Noyshtedter, 90), Topal, Elmaz (Ayyu, 72), Slimani.
Zenit – Lunev, Ivanovich, Nabiullin (Smolnikov, 61), Anyukov, Rakiskiy, Mak (Markizio, 85), Barrios, Kranevitter, Ernani, Driussi (Azmun, 74), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Rakiskiy (5), Isla (14), Chiftpыnar (31), Anyukov (40), Mak (68).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YEL. “Fenerbaxche” oʻzida “Zenit”ni magʻlub etdi (video)