08:10 / 25.02.2019
3 697

«Real» safarda «Levante»ni qiyinchilik bilan yengdi

«Real» safarda «Levante»ni qiyinchilik bilan yengdi
Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Levante» – «Real» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Syudad de Valensiya»da kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv kutilmaganda mezbonlarning qator hujumlari bilan boshlandi va valensiyaliklar nomdor raqiblarini ancha qiynab qo‘yishdi. Biroq birinchi bo‘lib to‘p kiritish madridliklarga nasib etdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, hakam videotakrorlardan so‘ng shu qarorga keldi. 11 metrlik jarima zarbasini Karim Benzema aniq bajardi.
60-daqiqada hisob tenglashdi, Roxer Marti jarima maydoniga uzatib berilgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berib darvozani aniq nishonga oldi. 78-daqiqada yana mezbonlar zarariga penalti belgilandi, uni Garet Beyl aniq bajardi.

86-daqiqada «Real» futbolchilari bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Nacho ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi, oradan ko‘p o‘tmay hakam mezbonlarning zaxiraga olingan futbolchisiga ham qizil kartochka ko‘rsatdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsiz qoldi.
Shu tariqa, «Real» ochkolarini 48taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. «Levante» (30) esa 13-pog‘onada qoldi.

La Liga, 25-tur
Levante – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 43, penalti Benzema, 1:1 – 60 Marti, 1:2 – 78, penalti Beyl.
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Rober, Luna, Bardi (Vukchevich, 89), Rochina (Dukure, 60), Morales, Kampanya, Saymon, Marti (Dvamena, 73).
Real Madrid – Kurtua, Regilon, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Kroos (Valverde, 69), Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 83), Benzema (Beyl, 74).

Ogohlantirishlar: Marti (25), Nacho (28), Rochina (57), Vaskes (68), Pedro Lopes (82), Luna (84).
Chetlatishlar: Nacho (86), Rochina (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safarda «Levante»ni qiyinchilik bilan yengdi