11:35 / 07.03.2019
4 237

“Oʻzbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” (foto)

“Oʻzbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” (foto)
Bugun 6 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida “Oʻzbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda Professional futbol ligasi bosh direktori Omon Gʻofurov, PFL bosh direktori oʻrinbosari Diyor Imomxoʻjayev, OʻFA Futbolni rivojlantirish departamenti boshligʻi Ongar Jalimov, Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Maʼmur Saidqosimov, Murabbiylik taʼlimi departamenti boshligʻi Shavkat Imamov va OAV xodimlari qatnashdi.

Ushbu matbuot anjumanida bildirilgan fikrlarni eʼtiboringizga havola qilib oʻtamiz.

“Professional futbol ligasi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrdi, - deya oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi PFL bosh direktori Omon Gʻofurov. – Bu mavsum jamoalar soni 14taga oshirildi. Superligada raqobatni oshirish bilan birga, Pro-ligada ham jamoalar saviyasini oshirish uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Toʻgʻri, kamchiliklar hali bor. Ana shu kamchiliklarni birgalikda bartaraf etishga harakat qilamiz”.

Diyor Imomxoʻjayev: “Futbolni rivojlantirish uchun bolalar futbolini isloh qilishimiz kerak. Eng katta muammo bu yoshni kichraytirish bilan bogʻliq. Biz bunga qarshi huquq tartibot organlari bilan birgalikda kurash olib borishni rejalashtiryapmiz.

Bolalar futboli uchun FIFA tomonidan ishlab chiqilgan aniq tizim bor. Yaʼni, professional futbolchi klubini almashtirgan taqdirda, uni bolalikdan tarbiyalagan murabbiyga har safargi transferdan ulush boʻladi. Bizda bu tizim yillar davomida ishlamay kelmoqda. Maqsadimiz – bu tizimni oʻzbek futboliga ham tadbiq etish.

Hozir murabbiy shogirining yoshini kichraytirib, biror musobaqada gʻolib chiqishdan manfaatdor. U professional futbolda qay darajada oʻynab ketishi esa ikkinchi darajali. Agar FIFA tizimini yoʻlga qoʻya olsak, murabbiy shogirdini yoshini kichraytirishdan emas, balki uni professional futbolchi qilib tarbiyalashni koʻproq oʻylaydi”.

Ongar Jalimov: “Biz yosh futbolchilarni nazorat qilib borish uchun umumiy maʼlumotlarbazasini yaratishimiz va uni onlayn tarzda ishga tushirimiz kerak. Hozir biz bolalarning “pasporti” bilan ish yuritamiz. Bu juda ogʻir. Yangi gʻoya esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Qolaversa, yosh kichraytirish bilan bogʻliq illatlarning ham oldi olinadi. Istalgan paytda onlayn tarzda har qanday futbolchi haqida maʼlumot olish imkoni paydo boʻladi”.

Maʼmur Saidqosimov: “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda malakali hakamlarni tayyorlash va ularning saviyasini oshirib borish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va spor universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlarni tayyorlashdan iborat. Biz yangi mavsumda yosh hakamlarga koʻproq eʼtibor qaratib, ularning mahoratini oshirib borishga harakat qilamiz”

Shavkat Imamov: “Bolalar futbolini rivojlantirishni istar ekanmiz, birinchi navbatda malakali bolalar murabbiylari bizga kerak boʻladi. Shu sababli OʻFA tomonidan murabbiylarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. OFK bilan hamkorlikda turli oʻquv kurslari tashkil qilinyapti. Shuningdek, iqtidorli murabbiylarni saralab olib, ularni tajriba oshirish uchun Yevropa mamlakatlariga yuborishni ham rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, murabbiylar uchun yurtimizga tashrif buyurayotgan mutaxassislar ishtirokida turli seminarlar oʻtkazib kelinmoqda. Bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan”.





Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Oʻzbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” (foto)