Amerikaning Vermont shtatidagi Ferxeyven shaharasida yangi mer paydo boʻldi. Bu uch yoshli Nubiya echkisining ismi Linkoln. Mazkur saylovlarda 13 ta hayvon ishtirok etdi. Linkoln esa 53 ta ovoz yigʻib, Semmi laqabli itdan ham oʻzib ketdi.
“Hayvonlar oʻrtasida merlikka saylov uyushtirish, bu shunchaki, koʻngilxushlik emas. Bu odamlarni siyosatga qiziqtirishning bir yoʻli. Bolalar ham shundan soʻng ovoz berishga qiziqib qolishadi”, — dedi shahar boshqarmasi amaldori Jo Ganter.
Endi echki Linkoln butun yil boʻyi shahar tadbirlarida ishtirok etadi. U orqali shahar gʻaznasiga kelib tushgan barcha pullar bolalar uchun oʻyin maydonchalari qurishga sarflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi