“Alpari” kompaniyasining analitika departamenti rahbari, iqtisodchi Aleksandr Razuvayev Moskvaning “Spartak” klubini sotib yuborilishi haqidagi oʻz fikrlarini aytdi.
“Spartak” klubiga yangi bosh murabbiy Oleg Kononov tayinlanganida, rahbariyat uning oldiga Yevropa Ligasi pley-offiga chiqish, Rossiya Kubogida gʻalaba qozonish va Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritish vazifasini qoʻydi. Bahor oylarining boshiga dastlabki ikki vazifa muvaffaqiyatli tarzda barbod qilindi. Agar uchinchi vazifa ham bajarilmasa, nafaqat Kononov, balki butun rahbariyat isteʼfoga chiqadi. “Spartak” xoʻjayini Leonid Fedun esa bundan bezor boʻlib, klubni sotib yuborishga qaror qilgan.
Katta ehtimol bilan Alisher Usmonov “Spartak”ning yangi xoʻjayini boʻlishi mumkin. Avvalroq u “Arsenal” aksiyalariga egalik qilgan edi. Fedun oʻz klubini 1 milliard yevroga baholayapti, bu qiymat Usmonovni toʻliq qoniqtiradi.
Ammo, “Spartak”ni qoʻlga kiritish uchun kurash ketishi va Usmonovning raqobatchilari koʻproq pul taklif qilishi ham mumkin. “Alfa” kompaniyasining aksiyadorlaridan biri Pyotr Aven koʻpdan beri klubga qiziqish bildirmoqda.
Oʻtgan yili kuzda Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon Ol Saud, shuningdek qozogʻistonlik investor “Spartak” bilan qiziqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bir necha xaridorning mavjudligi Fedunga qoʻl kelishi va u klubni qimmatroqqa sotishi mumkin», - deb yozdi Razuvayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?