
“Manchester Yunayted” Angliya Kubogining 1/4 finalida “Vulverhempton”ga qarshi oʻynadi. “Molina” stadionida kechgan oʻyin maydon egalarining 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
“Vulverhempton” oʻyinning 70-daqiqasida hisobni ochdi. Raul Ximenes raqib jarima maydonida toʻpni oʻziga boʻysundirib, raqib himoyachilarining sarosimaligidan foydalangan holda uni darvoza burchagiga joylashtirdi.
So "The Wolves from Catalonia" be dealing with the Red half of Manchester. It is well Wolves 2 Man u 0#FACup #WOLMUN pic.twitter.com/gfXikUeI7e
— Abayomi Agbomire (@abayomiagbomire) March 16, 2019
76-daqiqada Diogu Jota Lyuk Shouning qoʻpol xatosidan keyin mezbonlarning ustunligini oshirdi.
Name's Jota
— Mohit Sahay (@SahaySaab) March 16, 2019
Went through the United's defence with
Shaw on his buttery best#WOLMUN #EmiratesFACup pic.twitter.com/gOVitd0eC2
Qoʻshimcha daqiqalarda Markus Rashford bitta javob goli urdi.
Oʻyinning oxirgi qismini “Manchester Yunayted” bir kishi kam boʻlib oʻtkazishi mumkin edi. Oʻyin hakami Viktor Lindelyofga dastlab qizil kartochka koʻrsatgandi, ammo videotakrordan keyin qarorini oʻzgartirdi.
“Vulverhempton” Angliya Kubogining 1/2 finaliga chiqdi. Ole-Gunnar Sulsher boshchiligida qatorasiga ikkinchi oʻyinda magʻlub boʻlgan “Manchester Yunayted” turnirni tark etdi. APLning oʻtgan turida manchesterliklar “Arsenal”ga magʻlub boʻlib (0:2), 12 oʻyin davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasini toʻxtatgandi.
Qayd etish kerakki, “MYU” turnirning avvalgi bosqichlarida “Arsenal” va “Chelsi”ni safar oʻyinlarida magʻlub etib, bu jamoalarni turnirdan chiqarib yuborgandi.
Angliya Kubogi
1/4 final
Vulverhempton – Manchester Yunayted 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Ximenes, 2:0 – 76 Diogu Jota, 2:1 – 90 Reshford.
Vulverhempton – Raddi, Boli, Kastro, Doerti, Koudi, Moutinyu, Saiss, Diogu Jota (Traore, 87), Dendonker, Ruben Nevesh, Ximenes (Elder Koshta, 90).
Manchester Yunayted – Romero, Lindelyof, Shou, Diogu Dalot, Smolling, Pogba, Matich (Mata, 86), Lingard (Maktomini, 86), Errera (Pereyra, 71), Marsiyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Boli (41), Ruben Nevesh (43), Matich (45), Reshford (52), Errera (62), Lindelef (84), Koudi (86), Diogu Dalot (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar