Shahobiddin Zoirovning prof boksdagi debyut jangi qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Buxorolik charm qoʻlqop ustamiz bir muddat avval Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini ham oʻtkazishga ulgurgandi.
Nihoyat, Zoirovning professional boksdagi debyut jangi qachon va qayerda oʻtkazilishi maʼlum qilindi. Agar vaziyat oʻzgarib qolmasa, Zoirov ishtirokidagi jang 5 aprel kuni BAAning Dubay shahrida oʻtkaziladi. “Kite Beach”da oʻtkaziladigan prof boks oqshomi USA ESPN+ telekanali orqali efirga uzatiladi. Tez orada Shahobiddinning raqibi eʼlon qilinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Buxorolik charm qoʻlqop ustamiz bir muddat avval Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini ham oʻtkazishga ulgurgandi.

Izohlar 0
…