date

Ravshan Ermatov beshinchi marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi

Ravshan Ermatov © gsports.com.ec

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov beshinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 noyabr, yakshanba kuni Filippin poytaxti Manila shahrida OFKning 2014 yil laureatlarini taqdirlash va tashkilotning 60 yillik yubileyini nishonlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda OFK turli nominasiyalar bo‘yicha yil laureatlarini e’lon qildi.

Ee’tiborlisi, O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2014 yildagi eng yaxshi hakami nominasiyasida g‘olib bo‘ldi va beshinchi marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik referi bungacha 2008, 2009, 2010, 2011 yillarda — ketma-ket to‘rt marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deya e’tirof etilgan edi

Ma’lumot uchun, 2014 yil yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi terma jamoasi deb Falastin, eng yaxshi klubi deb OChL-2014 g‘olibi, Avstraliyaning «Vestern Sidney Uondererz», eng yaxshi murabbiy deb aynan shu klub bosh murabbiyi Toni Popovich topildi.

Angliyaning «Kristal Pelas» jamoasida to‘p surayotgan avstraliyalik Mayl Yedinak «Xorijda to‘p surayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi» deb topilgan bo‘lsa, BAAning «Al-Ayn» klubi ganalik futbolchisi Asamoa Gyan Osiyoda to‘p surayotgan eng yaxshi xorijlik deb e’tirof etildi.

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» futbol klubi hujumchisi Nosir ash-Shamroniy 2014 yil yakunlariga Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov beshinchi marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi