08:55 / 15.04.2019
2 672

Shomurodovning goli "Rostov"ga "Spartak" ustidan g‘alaba keltirdi (video)

Shomurodovning goli "Rostov"ga "Spartak" ustidan g‘alaba keltirdi (video)
Kecha Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Spartak” Moskva jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Qiziqarli kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov garsi asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsada, 63-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va 80-daqiqada gol urib jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Shomurodov uchrashuvdan so‘ng Match Premer'ga intervyu berdi.
“Jarima maydonchasi ichida edim. To‘p menga shunday aniqlik bilan oshirildiki, faqatgina bosh bilan gol urish qolgandi. Karpin zaxiradan tushishimdan oldin jamoaga yordam berishim kerakligini aytdi. Joriy mavsum faoliyatimdagi eng yaxshisi? Bunday demagan bo‘lardim. Men «Rostov» safida kam gol urmoqdaman. Hujumchi birinchi navbatda ko‘p gol urishi kerak”, – deydi 23 yoshli forvard.
Eldor Shomurodovning kiritgan goli:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning goli "Rostov"ga "Spartak" ustidan g‘alaba keltirdi (video)