Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kun dasturida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Pangalga qarshi chorak final jangi uchun ringga ko‘tarildi.
-52 kg vazn toifasidagi bahslarda tajribali raqibga qarshi jang Do‘smatovning mag‘lubiyati bilan yakunlandi va u turnirni erta tark etadigan bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, Amit Hasanboy Do‘smatov uchun jiddiy raqib hisoblanardi. Hasanboy bu 22 yoshli bokschi bilan bir necha bor to‘qnash kelgan, 2017 yili Hamburgda o‘tkazilgan jahon chempionatida chorak finaldagi o‘zaro jangdan keyin ham uni o‘zi uchun «noqulay raqib» sifatida atagandi. Bu ikki bokschi 2017 yili Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham o‘zaro jang qilgan va o‘zbekistonlik sportchi qiyinchilik bilan g‘alaba qozongandi. 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida esa Amit finalda g‘alabaga erishib, Do‘smatovni oltin medaldan mahrum qilgandi.
Shu tariqa, Osiyo chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasi ilk yo‘qotishga uchradi - bungacha O‘zbekiston vakillaridan to‘rt nafari yarim final yo‘llanmasini hal qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi