
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Bangkokda boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali yo‘llanmasi uchun janglar davom etmoqda.
O‘zbekistonlik bokschilardan bugun birinchi bo‘lib Shukurjon Rahimov (-60 kg) ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik Xursand Imonqulovga qarshi jang olib borib, yarim finalga chiqdi. Ikkinchi raundida Rahimovning qoshi yorilgach, hakam jangni to‘xtatdi; bunga qadar ustunlikka ega bo‘lgan Rahimov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘olib deb topildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Isroil Madrimov esa (-75 kg) ikkinchi jangida yutqazib qo‘ydi. Uch kun oldin vetnamlik bokschini qiyinchiliksiz taslim etgan Isroil chorak finalda qozog‘istonlik Tursunbay Kulaxmetga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
23 aprel kungi bahslarda o‘zbekistonlik yana 6 bokschi jang o‘tkazadi.
Kunduzgi dastur:
-91 kg: Sanjar Tursunov – Chingiz Borbashev (Qirg‘iziston)
-60 kg: Rayhona Qodirova – Namuun Monxor (Mo‘g‘uliston)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Vei-Siyen Lin (Xitoy Taypeyi)
Kechki dastur:
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suchada Panich (Tailand).
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoaning yana 4 nafar vakili, jumladan Hasanboy Do‘smatov ham mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta yakunlagan edi.
BokschilarO‘zbekiston BoksOsiyo ChempionatiIsroil MadrimovShukurjon RahimovJanglar Davomida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar