Angliya Premyer-ligasining 36-turida “Haddersfild Taun”ga qarshi kechgan oʻyin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh uchun klub safidagi 100-oʻyin boʻldi.
Bu oʻyinda dubl qayd etgan misrlik futbolchi klub safidagi gollari sonini 69taga yetkazdi. Mersisaydliklar klubi tarixida 100 oʻyinda buncha koʻp golni hech kim urmagan. 26 yoshli futbolchi klubning avvalgi rekordchilari — Rojer Hant (68 gol) va Sem Reybouldni (68) ortda qoldirdi.
Bu oʻyindagi gollari evaziga Saloh 21 gol bilan APL toʻpurarlari roʻyxatida yetakchiga aylandi. Uning jamoadoshi Maneda 20, Serxio Aguero (“Man Siti”) va Pyer-Emerik Obameyangda (“Arsenal”) – 19 tadan gol bor.
“Liverpul”ga Saloh 2017 yil yozida “Roma”dan 42 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Saloh joriy mavsumda “Liverpul”ning barcha turnirlar doirasidagi 48 oʻyinida 25 gol urdi va 13 golli uzatmaga mualliflik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi