20:23 / 28.04.2019
2 513

"Arsenal" safarda "Lester"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)

"Arsenal" safarda "Lester"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)
APL 36-turida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Arsenal» mehmonda «Lester»ga imkoniyatni boy berdi (0:3). «Tulkilar» safida Jeymi Vardi ikkita gol urdi. Yana bir golga Yuri Tilemans mualliflik qildi.

«Arsenal» 36-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. «To‘pchilar» himoyachisi Enzli Meytlnd-Naylz ikkinchi sariq kartochkani olib, birinchi bo‘limdayoq jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirdi.

Bu mag‘lubiyat «kanonirlar» uchun APLda qatorasiga uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, bungacha Emeri shogirdlari «Kristal Pelas» (2:3) va «Vulverhempton»ga (1:3) yutqazishgandi.

Endilikda «Arsenal» 66 ochkosi bilan 5-o‘rinda qoldi va to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. «Lester» esa ochkolari sonini 48 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Angliya chempionati
36-tur
Lester – Arsenal 3:0
Gollar:
1:0 – 59 Tilemans, 2:0 – 86 Vardi, 3:0 – 90 Vardi.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Maguayr, Evans, Chiluell, Tilemans, Chouduri (Mendi, 79), Meddison, Olbrayton (Grey, 86), Ndidi (Barns, 46), Vardi.
Arsenal – Leno, Kolashinats, Papastatopulos, Mustafi, Mxitaryan (Genduzi, 73), Meytlend-Naylz, Ivobi (Koselni, 46), Torreyra, Chaka, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 79).
Ogohlantirishlar: Meytlend-Naylz (8), Ndidi (13), Papastatopulos (64), Rikardu Pereyra (65), Chiluell (70).
Chetlatish: Meytlend-Naylz (36).

Jeymi Vardining ilk golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" safarda "Lester"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)