
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino unga "Roma" klubidan takliflar bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Menga qiziqish bildirgan har bir klub ular uchun eng yaxshi variant ekanligimga ishonishadi. Men bundan faxrlanaman. Ertami, kechmi men ushbu jamoalardan birini boshqaraman. Ammo, men muzokaralar davomida uni oshkor etadiganlardan emasman”, - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan edi. Unga shuningdek "Lion" va "Seltik" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar