
Foto: «Interfaks»
Taniqli saksofonchi Igor Butman va Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin Sochida bo‘lib o‘tgan Tungi xokkey ligasida mushtlashib ketishdi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, raqib darvozasi oldida bir fursat davom etgan janjaldan so‘ng Butman «Legendы xokkeya» («Xokkey afsonalari») darvozaboni Dyuminga tashlanib qoladi. Raqib ham indamay turmadi, o‘rtada dahanaki jang boshlanib ketdi. Ularni hakamlar va boshqa o‘yinchilar ajratib qo‘yishlariga to‘g‘ri keldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashmoqda. Uning «Xokkey afsonalari» jamoasida mudofaa vaziri Sergey Shoygu, o‘tmish xokkey yulduzlari Pavel Bure, Vyacheslav Fetisov, Aleksandr Yakushev, Valeriy Kamenskiylar ham shayba surishmoqda.
Ushbu o‘yinda «Xokkey afsonalari» 14:7 hisobida g‘alaba qozongan: gollarning 10 tasini Putin kiritgan, Shoyguda esa xet-trik...
Mazkur xokkey uchrashuvidan qisqacha lavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO
Igor ButmanTungi XokkeyAleksey DyuminXokkey AfsonalariVladimir PutinMushtlashuv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar