26-1: O‘zbekiston xokkeychilari jahon chempionatida g‘alaba bilan boshladi

Gonkongda xokkey bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi va musobaqalar qizg‘in ruhda boshlandi. 3-divizion B guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-tur doirasida Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu bahsda o‘zbekistonlik xokkeychilar to‘liq ustunlik namoyon etib, raqib darvozasini bir necha bor ishg‘ol qildi va uchrashuvni yirik hisobda — 26:1 natijasi bilan o‘z foydasiga hal qildi. Bu g‘alaba jamoa uchun musobaqada kuchli start bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, 2-turda O‘zbekiston terma jamoasi Filippinga qarshi muzga chiqadi. Ushbu o‘yin ertaga, 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Guruh bosqichi jadvaliga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi yana Shimoliy Koreya, Lyuksemburg hamda mezbon Gonkong terma jamoalari bilan ham kuch sinashadi. Musobaqa davomida har bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va guruh taqdiri aynan shu o‘yinlarda hal bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!