
Ertaga "Paxtakor" OChL guruh bosqichi 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini qabul qiladi.
Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda "sherlar" ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.
"Bu guruh bosqichidagi oxirgi o‘yin va jamoalar nima qilishni yaxshi bilishadi. Natija juda muhim, o‘yinda zarur natijaga erishgan jamoa o‘zini yakunda baxtli his qiladi. Biz yurishimizni davom ettirishga urinamiz.
Biz ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Bunday namlik bosimi yuqori holatda ushbu yil birinchi marta o‘ynaymiz. Unda o‘zimizga asqotadigan o‘zgarishlarga qo‘l urib, o‘zimiz uchun ijobiy ko‘rsatkich qayd etishga harakat qilamiz", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar