FIFA Qatarda 2022 yilda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida avvalgidek 32 terma jamoa ishtirok etishini e’lon qildi. Ya’ni, avval taxmin qilinganidek, qatnashuvchi terma jamoalar soni 48 taga yetkazilmaydigan bo‘ldi.
Bunga sabab — Qatarning birorta qo‘shnisi turnir o‘yinlarini o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega emasligidir. Qatarning o‘zi stadionlarga bo‘lgan talablar pasaytirilsagina kengaytirilgan turnirni qabul qilishini bildirgan edi. Ya’ni turnir FIFA tomonidan tasdiqlangan 8 ta stadiondagina emas, agar FIFA stadionlarning sig‘imiga bo‘lgan talabni 20.000 gacha kamaytiradigan bo‘lsa, yana to‘rtta yangi stadionda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi.
Lekin FIFA mezonlarni o‘zgartirmadi, binobarin Jahon kubogi qatnashchilari tarkibi kengaytirilmaydigan bo‘ldi va 5 iyun kuni bo‘lib utadigan FIFAning navbatdagi kongressida hech qanday taklif ko‘rib chiqilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda