Xabaringiz bor, joriy yilning 3 mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo‘lib o‘tgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi, deb xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
Shu kungacha O‘FA Birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlayotgandi. Ammo chet elga uyushtiriladigan xizmat safarlari ko‘pligi bois Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketishga qaror qildi.
"Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda mas’uliyatli vazifa. Kelasi yil Tokioda Olipiya o‘yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari ko‘p. Shu sababdan O‘zbekiston futbol assotsitsiyasi vitse-prezidentligidan bo‘shash bo‘yicha ariza yozdim.
O‘ylashimcha, o‘tgan vaqt davomida o‘zbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda.
Shu o‘rinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman», - dedi Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?