
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri turinliklarning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash borasida gapirdi.
"Ko‘plab top futbolchilarning bosh murabbiyi bo‘lganman, ammo Ronaldu bilan men ham yangi darajaga chiqa olaman. U kabi futbolchilar dunyoning bir chekkasidan ham topilmaydi.
Ronaldu futbol olamidagi barcha rekordlarni qo‘yib kelgan va men ham uning yana bir necha rekordlarni qo‘yishiga yordam bermoqchiman.
Gonsalo Iguain bilan ishlaganimda u A Seriyaning to‘purariga aylangandi. Shu holat men bilan yana bir bor takrorlanishini istayman. Bu menga rohat bag‘ishlaydi. Ronaldu va Dibala kabi futbolchilar maydonda istalgan nuqtada o‘ynay oladi", - dedi Sarri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar