date

Zidan murabbiylik qilgan birinchi o‘yinda “Real” “Deportivo”ni 5:0 hisobida er tishlatdi

Zidan murabbiylik qilgan birinchi o‘yinda “Real” “Deportivo”ni 5:0 hisobida er tishlatdi

Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Madridning “Real” jamoasi “Deportivo”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Hisobni 15-daqiqada Karim Benzema ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Garret Beyl ikkinchi golga mualliflik qildi.

Ikkinchi taymda Beyl yana ikkita (49, 63-daqiqalarda), Benzema esa bitta (90-daqiqada) golga mualliflik qilishdi.

Shuningdek, 19-tur doirasida “Barselona” ham yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi: “Granada”ning darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘llandi. Messi xet-trik muallifiga aylandi; oxiriga golni Neymar urdi.

Turning hozirgacha o‘tkazilgan boshqa uchrashuvlari quyidagi natijalar bilan yakun topdi:

“Xetafe” – “Betis”: 1:0
“Sevilya” – “Atletik”: 2:0
“Levante” – “Rayo Valekano”: 2:1
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zidan murabbiylik qilgan birinchi o‘yinda “Real” “Deportivo”ni 5:0 hisobida er tishlatdi