date

Lionel Messi: Men hech kimga havas qilmayman, ammo Ronalduga har qanday futbolchi havas qilsa arziydi

Lionel Messi: Men hech kimga havas qilmayman, ammo Ronalduga har qanday futbolchi havas qilsa arziydi

FIFAning Syurixdagi shtab-kvartirasi hududidagi jurnalistlar "Oltin to‘p" uchun nomzodlardan biri Ronaldudan keyin "Barselona" futbolchisi Lionel Messidan intervyu olishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

"Krishtianu Ronaldu aytgani kabi, bu erda bo‘lishning o‘zi ajoyib. Men bu erga futbol atmosferasidan rohatlanish uchun tashrif buyurdim. Mukofotni olish-olmasligimdan qat’i nazar men ajoyib taassurot bilan qaytaman.

Har yilda yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilmoqdaman. O‘tgan yilda men deyarli barcha sovrinlarga ega chiqdim. "Barselona" uchun ajoyib mavsum bo‘ldi. Jamoadagi barcha zo‘r o‘ynadi, kimnidir alohida ajratib ko‘rsata olmayman" deydi u.

Unga "Beshta "Oltin to‘p" va "Jahon chempionligi"dan qaysi birini tanlashi to‘g‘risida savol berishgan.

"Bu juda og‘ir savol bo‘ldi. Lekin sir emaski, jahon chempioni bo‘lish har qanday futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan eng oliy darajadir", degan Messi.

"Men hech kimga havas qilmayman. Chunki "qaramlik" - juda xunuk so‘z. Men o‘zimcha borman. Krishtianu Ronaldu o‘zicha bor. E’tirof etish kerakki, Ronaldu har qanday futbolchi havas qilsa arzigulik o‘yinchi", degan Messi.

U shuningdek, Neymar haqidagi savolga javob bergan.

"O‘ylamaymanki, u mening izdoshim. Uning o‘zi alohida iqtidor va bu ajoyib. U o‘sishda va rivojlanishda davom etadi. Unda buning uchun barcha xususiyatlar etarli. U ajoyib futbolchi bo‘lish bilan birgalikda, ajoyib inson hamdir", deydi Messi yosh jamoadoshi haqida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: Men hech kimga havas qilmayman, ammo Ronalduga har qanday futbolchi havas qilsa arziydi