
Yarim o‘rta vazn toifasida WBA Super kamari sohibi Kit Turman Menni Pakyao bilan bo‘ladigan jangini intizorlik bilan kutayotganini ma’lum qildi.
“Men Menni Pakyao bilan jang qilishimdan xursandman. U - afsona. Lekin bitta narsani to‘g‘ri tushunishingizni istayman, vaqt bir joyda turmaydi, uning davri o‘tdi. Yangi davrdamiz. E’tibor bering, Meyvezer allaqachon ketdi, lekin Menni hali ham shu yerda. Ammo 20 iyuldan so‘ng Pakyao ham yo‘q bo‘ladi”, - deb fikr bildirgan Kit.
Eslatib o‘tamiz, Turman-Pakyao jangi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar