«Uimbldon»ning ayollar musobaqasida g‘olib aniqlandi. Londondagi hal qiluvchi o‘yinga AQShlik Serena Uilyams hamda ruminiyalik Simon Xalep yetib kelishdi.
28 yoshli Xalep «katta shlem» tasnifidagi musobaqalarning 22 karra g‘olibi Serena Uilyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikki setda bir xil 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Xalepning «katta shlem» tasnifidagi musobaqalardagi 2-sovrini bo‘ldi. Ruminiyalik tennischi o‘tgan yil Fransiya ochiq chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.
Ruminiyalik Simona Xalep "Uimbldon" musobaqasida g‘olib bo‘lgandan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Siz uchun o‘yin yaxshi o‘tdimi?
– O‘yinim qovushdi. Serenaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men ko‘p harakat qildim, Qirollik oilasi o‘yinni kuzatib borganidan xursandman.
– Siz hayajonlandingizmi?
– Hayajonlanishga vaqt bo‘lmadi. O‘yin davomida qorin qismimda biroz noqulaylik tug‘ildi, lekin mening xayolim faqat g‘alaba qozonishda edi.
– Bosh sovrin sohibasi sifatida nimalarni his qilmoqdasiz?
– Bolaligimda onam tennischi bo‘lsang albatta Uimbldonni yutishing kerak, shunda bir umr tarixda isming qoladi. Shuningdek mazkur musobaqa g‘oliblari bir umrga klub a’zosi bo‘lib qoladi. Bu katta natijadir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin