Peres shov-shuvli transfer uchun bankdan katta miqdorda kredit oldi

Peres shov-shuvli transfer uchun bankdan katta miqdorda kredit oldi
«Real» rahbari Florentino Peres Ispaniyadagi banklarning biridan katta miqdorda kredit oldi, deya xabar beradi Shampionat.asia nashri.
Manbada mablag‘ning aniq sonlari keltirilmagan. Biroq, qayd etilishicha, ushbu pullar PSJ forvardi Neymarning transferi uchun sarflanadi.

Aytilishicha, keyingi hafta Peres parijliklar bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichiga o‘tadi.
Taxminlarga ko‘ra, «qirollik klubi» braziliyalik futbolchi uchun PSJga 120 mln. yevro to‘lab, klub a’zolaridan yana kimnidir qo‘shib beradi. O‘z navbatida, kelishuv summasi yanada oshishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar